Chevrolet Cobalt

XARAKTERISTIKALAR

Yuk xona sig`imi l. 563 L.
Uzatish qutisi MT5/AT6
Xavfsizlik ABS
Yonilg`i iste`moli file.data_on_fuel 8.5/9.0 L.
Xavfsizlik yostiqchalari 2

Chevrolet Cobalt – GM korporatsiyasining Braziliyadagi bo‘limining dizaynerlari tomonidan GM kompaniyasining avtomobillarni ishlab chiqish standart global jarayonlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan oilaviy sedan modelidir. Cobalt modeli GM ning global guruhi tomonidan o‘z pog‘onasida jahon etaloniga aylanadigan va o‘sib rivojlanayotgan bozorlarda sotish bo‘yicha yetakchi bo‘la oladigan darajada ishlab chiqilgan. Chevrolet Cobalt qulaylik, nafislik va yuksak dinamik xususiyatlarni, hamda eskirmaydigan an’anaviy klassik dizayn qiyofasini o‘zida mujassamlashtiradi. A’lo xavfsizlikni ta’minlash uchun, o‘ta mustahkam po‘latdan ishlab chiqariladigan Chevrolet Cobalt rusumli avtomobil, ABS (antibloklash tormoz tizimi) bilan, hamda haydovchi va oldingi yo‘lovchi  uchun xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan.

  • Tashqi ko`rinish

    Yo‘lda ahamiyatsiz narsalar bo‘lmaydi, shuning uchun Chevrolet Cobalt ning tashqi ko‘rinishi har bir detali bo‘yicha puxta o‘ylab chiqilgan. Masalan, yon oynalari orqani ko‘rish uchun keng manzarani ta’minlaydi, ichki qurilgan isitish tizimi esa hatto o‘ta sovuq paytida ham muzni erita oladi. Tumanga qarshi faralar eng yomon ob-havo bo‘lganda ham yo‘lni ko‘rsata oladi. Oldingi va orqa elektr oyna ko‘targichlar tufayli istalgan oynani faqat tugmani bosib turib, bir necha soniya ichida ochish va yopish mumkin. Savlatli tashqi ko‘rinishi bilan birga, nihoyatda keng saloni va hayratlantirarli darajada katta yukxonasi ham bor. O‘ziga xos uslubli 15-dyuymlik yengil aralashmadan yasalgan disklar va orqa bamperdagi xrom qoplangan molding Chevrolet Cobalt mashinasining dizaynini ajoyib to‘ldirib turadi.

    Amaliyotga muvofiqlik, barcha kerakli funksiyalar va xususiyatlarning optimal mujassamlanishi tufayli Chevrolet Cobalt oila uchun a’lo avtomobilga, har qanday safarda, istalgan masofalarga yurishda o‘rni bosilmaydigan hamroh va ishonchli yordamchiga aylanadi.

  • Ichki ko`rinish

    Siz Chevrolet Cobalt ning ichida birinchi bo‘lib yuksak baholaydigan jihat — kengligidir. Chevrolet kompaniyasining firmaviy konsepsiyasida salon — «ikkitalik kokpit» ham haydovchi uchun, ham yo‘lovchilarning har biri uchun qulaylik yaratadi. Chevrolet Cobalt ni yaratayotganda, bizning muhandislarimiz haydovchining o‘rni tashkil etilishiga alohida e’tibor berganlar: asosiy boshqarish paneli doimo qo‘l ostida, ichki ko‘rinishida esa foydali  buyumlar uchun juda ko‘p qulay bo‘limlar va tokchalar ko‘zda tutilgan.

    Chevrolet Cobalt oilaviy avtomobilining salonida beshtagacha kishi qulay joylashishi mumkin. Boshqarish paneli haydovchi va yo‘lovchilar uchun maksimal qulay tarzda joylashgan. Bu avtomobilda istalgan oilaviy sayohatning yoqimli va qiziqarli bo‘lishi uchun hamma narsa yaratilgan. Avtomobil orqada o‘tirgan yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha havo naylari bilan jihozlangan, bu esa qish va yoz mavsumidagi eng nomaqbul sharoitlarida shinam iqlim yaratishga imkon beradi. Juda ko‘p foydali moslamalar Siz va yaqinlaringiz uchun xuddi o‘z uyidagidek bemalol joylashish imkonini beradi. Hatto yoritishning intensivligini ham aynan Sizga qulay darajagacha sozlash mumkin.

  • Texnik. xususiyatlari
    Dvigatel
    Slindir miqdori va joylashuvi 4 ta, Qatorda
    Ishchi hajm, sm3 1485
    Maksimal quvvat, кW/o.k. (ayl/min) 106 (5800) (ayl/min)
    Maksimal buruvchi moment, Hm (min) 134(4000) (ayl/min)
    Uzatmalar qutisi
    Privat turi Old
    Uzatmalar quttisi turi 5 MUQ / 6 AUQ
    Ilgak
    Old Makferson tirgagi
    Orqa Торсионная балка
    Siquvchi disk tizimi
    Old/Orqa siquvchi disk Diskli/Barabanli
    O'lchamlari
    Uzunligi, mm 4479
    Eni, mm 1735
    Balandligi, mm 1514
    G'ildirakli baza, mm 2620
    Eng kichik aylanib olish radiusi, mm 5000
    Ichki hajm
    Yukhona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L 563
    Og'irlik
    Ruxsat etigan vazn, kg 1097/1168
    Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg 1590/1620
    Dinamika
    Maksimal tezlik, km/s 169/170
    Tezlik 0-100 km/s, sekindiga 11,7/12,6
    Yoqilg'i sarfi
    Shahar ichida, L 8,4/10
    Shahar tashqarisida, L 6,2/6,7
    Yoqilg'i turi АИ - 91
    Yoqilg'i bak hajmi, L 47
  • Modifikatsiyalar
    Модификация Описание комплектации
    Cobalt (1,5 L)
    LT М/Т C60 US8 JM4 ADL Т3U UQJ FFD кондиционер, аудиосистема, антиблокировочная тормозная система, подушка безопасности со стороны водителя и пассажира, передние противотуманные фары, аудиосистема, крепление для детских сидений, усиленные задние сиденья.
    LTZ A/T C60 US8 TZC MH9 UQJ FFD кондиционер, аудиосистема, литой диск, автоматическая коробка передач, крепление для детских сидений, усиленные задние сиденья.