Chevrolet Damas

XARAKTERISTIKALAR

Yuk xona sig`imi l. 450 L.
Uzatish qutisi MT5
Xavfsizlik -
Yonilg`i iste`moli file.data_on_fuel 7.8/8.6 L.
Xavfsizlik yostiqchalari -

Damas – 0.8 litr hajmidagi, 38 ot kuchi quvvatidagi motori bo‘lgan besh eshikli tijorat maqsadidagi avtomobil. Uning zamirida doimo amaliyotga moslik va funksional uyg‘unlik bo‘lib, konstruksiyasi har qanday yo‘l sharoitida uzoq yillar davomida buzilishsiz ishlashini kafolatlaydi. Avtomobil ikkita modifikatsiya shaklida chiqariladi: yo‘lovchilar uchun, unda o‘rindiqlar uch qator qilib joylashtirilgan (2+3+2), va ikki o‘rindiqli yuk tashuvchi, furgon kuzovi bilan, yuk ko‘tarish qobiliyati 560 kg gacha. Yuritgichi orqa g‘ildiraklarga ulangan. Maksimal tezligi 100 km/soat. Belgilangan yonilg‘i sarflanishi 90 km/soat tezlikda 7,8 l/100km ga teng. Avtomobil tijorat yoki oilaviy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan. Shaharning tiqilinch sharoitida va zich transport oqimida, tez-tez to‘xtab, yuk tushirish va yuk ortish bilan yurish uchun bundan ham qulayroq bo‘lgan yuk tashuvchi avtomobilni topish qiyin.

  • Tashqi ko`rinish

    Damas o‘lchamlari 3845x1400x1920 millimetr bo‘lib, bazasi – 1840 millimetr, ya’ni uning kuzovi baland bo‘lib, o‘ta keng emas, uzunligi ixchamdir. Shu sababli mashina burilishda barqaror bo‘lmaydi, degan xato tasavvur yuzaga kelishi mumkin, lekin aslida bunday emas. Avtomobil hatto baland yo‘l chetini bosganda, yoki tezligini kamaytirmay keskin burilishdan o‘tganda ham, ag‘darilib ketmaydi. Oldingi tirgaklar kichik og‘ish burchagiga ega, shuning uchun kapoti deyarli yo‘q. Katta faralari oval shakliga ega, keng bo‘lmagan bamperda tor burilish ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan. Yo‘lovchilar bo‘limiga eshiklar yoniga qarab ochiladi, orqa bo‘limida yana bitta tepaga ochiladigan eshik o‘rnatilgan.

  • Ichki ko`rinish

    Damas ning ichki ko‘rinishi kulrang yoki to‘q rang mato bilan bezatiladi, saloni yetti kishini joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Yo‘lovchilar va haydovchi uchun alohida pechlar o‘rnatilgan. O‘rindiqlar ostida shaxsiy narsalarini joylashtirish uchun yetarlicha bo‘sh joy bor. Asboblar panelida tsiferblatlar va ko‘p sonli rangli indikatorlar birlashtirilgan. Unda konsol yo‘q, uning paneldagi joyini avtomagnitola, shamollatish, isitish sozlagichlari egallaydi.

  • Texnik. xususiyatlari
    Dvigatel
    Slindir miqdori va joylashuvi 3ta, Qatorida
    Ishchi hajm, sm3 796
    Maksimal quvvat, kW/o.k.(ayl/min) 38 (5000) (ayl/min)
    Maksimal buruvchi moment, Hm (min) 63 (3000) (ayl/min)
    Uzatmalar qutisi
    Privat turi Orqa
    Uzatmalar qutisi turi 5 MUQ
    Ilgak
    Old Makferson tirgak
    Orqa Зависимая с листовыми рессорами
    Siquvchi disk tizimi
    Old/Orqa siquvchi disk Diskli/Barabanli
    O'lchamlari
    Uzunligi, mm 3845
    Eni, mm 1400
    Balandligi, mm 1920
    G'ildirakli baza, mm 1840
    Eng kichik aylanib olish radiusi, mm 4,3
    Ichki hajm
    Yukhona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L 450 кг.
    Og'irlik
    Ruxsat etilgan vazn, kg 850
    Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg 1360
    Dinamika
    Maksimal tezlik, km/s 105
    Tezlik 0-100 km/s, sekundiga 41
    Yoqilg'i sarfi
    Shahar ichida, L 8,6
    Shahar tashqarisida, L 7,8
    Yoqilg'i turi АИ - 91
    Yoqilg'i bak hajmi, L 37
  • Modifikatsiyalar
    Модификация Описание комплектации
    Damas
    DLX B6O А90 без кондиционера, декоративные боковые наклейки, дистанционное открытие двери багажника
    VAN W6U MXH A90 обивка сидений, 5-ступенчатая коробка передач, дистанционное открытие двери багажника