Kompaniya haqida

Kompaniya nomi

«GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati

Zavod:

Umumiy maydoni – 72 ga. Ishlab chiqarish maydoni – 192 ming kv. m.

Andijon viloyati (Farg‘ona vodiysi), Asaka shahrida joylashgan.

Filiallari:

Toshkent shahrida, Xorazm viloyati, Pitnak shahri.

Ishlab chiqarish quvvati:

«GM Uzbekistan» AJ, Asaka shahri - 250 ming avtomobil.

«GM Uzbekistan» AJ filiali, Pitnak shahri – 40 ming avtomobil;

«GM Uzbekistan» AJ filial, Toshkent shahri – 10 ming avtomobil;

Mahsuloti:

Hozirgi paytda «GM Uzbekistan» AJ ning 3 ta ishlab chiqarish maydonchasida «Shevrole» (Chevrolet) va «Ravon» (Ravon) brendlari ostida avtomobillarning 10 modeli ishlab chiqariladi, jumladan, Matiz, Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra) modellari Asaka shahridagi asosiy ishlab chiqarish maydonida, Captiva, Malibu modellari Toshkent shahridagi filialda, Damas, Labo modellari Pitnak shahridagi filialda chiqariladi.

GM Uzbekistan yetkazib beruvchilari:

100 dan ortiq, shu jumladan sub-etkazib beruvchilar. Asosiylari — «Uz SeMyung», «Uz Koram», «Avtokomponent», «Uz Dong Yang», «Uz Xanvu», «Uz Dong Von Ko», «Uz Dong Ju Peynt», «Uz Tong Xong Ko», «Uz Chasis» va «Avtooyna».

Xodimlari:

«GM Uzbekistan» AJ xodimlarining soni 2017 yil 1 iyulga kelib, 10 000 kishidan ortiq bo‘ldi.