Rahbariyat tomonidan qabul qilish jadvali

Ariza beruvchi yoki murojaat qiluvchi fuqarolar uchun MA’LUMOT.

O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida» Qonuniga muvofiq, «GM Uzbekistan» AJ ga ariza beruvchi yoki murojaat qiluvchi fuqarolar uchun quyidagi hujjatlar to‘plami zarur bo‘ladi:

1. Ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

- arizachining haqiqiy yashash joyining to‘liq pochta manzili, ro‘yxatga olingan manzili, pochta indeksi ko‘rsatilgan holda;

- arizachining to‘liq familiyasi, ismi, ota ismi va shaxsiy imzosi;

- sanasi.

2. Ro‘yxatga olingan manzili beti ko‘rsatilgan holda, pasportning nusxasi.

«GM Uzbekistan» AJ ning ishlash jadvali

Dushanba – Juma: 9.00 – 18.00

tushlik 13.00-14.00

Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.

Avtomobillarni naqdsiz hisob-kitob orqali sotib olish to‘g‘risida xat yuboruvchi korxonalar va tashkilotlar uchun MA’LUMOT.

1. Xat tashkilot yoki korxonaning firmaviy blankasida yozilgan bo‘lishi lozim.

2. Xatda, o‘ng ustki burchagida tashkilot yoki korxona murojaat qilayotgan «GM Uzbekistan» AJ rahbarining lavozimi, familiyasi va ismi-sharifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

3. Xatning matni ostida pastda albatta tashkiot yoki korxona tomonidan imzolaydigan shaxsning lavozimi ko‘rsatiladi, uning shaxsiy imzosi qo‘yiladi va muhr bilan tasdiqlanadi.

4. Barcha bank rekvizitlari (hisobraqami, STIR, MFO, bankning nomi) ko‘rsatiladi

5. Pochta manzili va indeksi, shahar va uyali telefon raqamlari.

«GM Uzbekistan» AJ ning ishlash jadvali

Dushanba – Juma: 9.00 – 18.00

tushlik 13.00-14.00

Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.

Rahbarlarga og'zaki ravishda murojaat qilish qabul jadvali.

F.I.Sh. Lavozim Sana Vaqti
Radjabov Rustam Baxtiyorovich Vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi bosh direktor Har haftaning chorshanba kunlari 17.00–18.00
Saxapov Aleksandr Aleksandrovich Moliyaviy ishlari bo'yicha boshqaruv direktori Har haftaning seshanba kunlari 17.00–18.00
Egamberdiev Oybek Baxtiyorovich Маркетинг, мониторинг ва ривожлантириш бўйича директор в.б. Har haftaning juma kunlari 17.00–18.00
Rustamov Asadulla Madaminjanovich Yetkazib berish tizimi hamda global xaridlar bo‘yicha boshqaruv direktori. Har haftaning payshanba kunlari 17.00–18.00