Rajabov Rustam Baxtiyarovich

Biografik ma`lumotlar

1979 yilda, Xorazm viloyatining Xiva shahrida tug‘ilgan

Millati: O‘zbek

Ma’lumoti: Oliy, Toshkent avtomobil yo‘llari institutini 2003 yilda tugatgan.

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: muhandis-iqtisodiyotchi

Lavozim:

«GM O‘zbekiston» AJ Bosh direktori vazifalarini vaqtincha bajaruvchi

Quyidagi sohalarni boshqaradi:

  • o‘z vakolatlari doirasida «GM O‘zbekiston» AJ ning (Kompaniyaning) joriy faoliyatiga rahbarlik qilishni amalga oshirish, uning samarali va barqaror ishlashini ta’minlash;
  • kompaniyaning Aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashining qarorlari ijro etilishini tashkil etish;
  • kompaniya tarkibiy bo‘linmalarining samarali o‘zaro munosabatlarini ta’minlash;
  • kompaniyaning shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;
  • kompaniyaning foyda keltirishini ta’minlash;
  • kompaniyaning rivojlanish dasturlari va biznes-rejalarini ishlab chiqishga rahbarlik qilish, ularning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;
  • kompaniya faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
  • boshqa masalalar.