Servis xizmat ko‘rsatish

Servis xizmat ko‘rsatish

Avtomobildan tejamkor va xavfsiz foydalanish, va uni yaxshi holatida saqlab turish uchun, avtomobilga texnik xizmat ko'rsatilishi belgilangan davriylikda bajarilishi kerak.

Texnik xizmat ko`rsatishning bajarilishi servis kitobchasidagi yozuv bilan tasdiqlanadi. Uning sanasi va o`tilgan yo`l texnik xizmat ko`rsatish stansiyasining muhri va imzo bilan tasdiqlanadi. Texnik xizmat ko`rsatishdan tasdiqlangan holda o`tish kafolat majburiyatlari va boshqa majburiyatlar bajarilishining majburiy sharti bo`lib, avtomobilning sotilishida hisobga olinadi, shuning uchun servis kitobchasi to`g`ri to`ldirilishini nazorat qiling.

Image Title

Foydalanishning og`ir sharoitlari


10 km dan kamroq bo`lgan qisqa masofalarga tez-tez yurish;
Avtomobilning uzoq vaqt turib qolishi va/yoki avtomobilning past tezlikda, tez-tez to`xtash rejimida yurishi;

Avtomobilni ko`p chang bo`lgan joyda boshqarish;

Avtomobilni tepalikli va tog`li joylarda boshqarish;

Tirkamani buksirga olish;
Avtomobilni shahar rejimida, atrof muhitning harorati 32° S yoki undan yuqoriroq bo`lganda boshqarish;
Atrof muhitning harorati 0° S bo`lganda, motorni tez-tez ishga tushirish;
Avtomobildan tegishli xususiyatlariga ega bo`lmagan yonilg`i bilan, yomon sifatli yonilg`i bilan va/yoki oktan soni past bo`lgan yonilg`ida foydalanish (Foydalanish qo`llanmasida «TAVSIYA ETILADIGAN YONILG`I» ga qarang).

Avtomobildan foydalanishning og`ir sharoitlarida texnik xizmat ko`rsatishning ba`zi amallari tez-tez,... oralig`ida o`tkazilishi lozim.

3 oy 5000 km bosib o`tilgan masofa
  • Modellar uchun:
  • Lacetti
  • Cobalt
  • Nexia
  • Spark
  • Matiz
  • Damas / Labo
6 oy 7500 km bosib o`tilgan masofa
  • Modellar uchun:
  • Captiva
  • Malibu