Yangi avtomobil bo‘yicha kafolat

Sizning avtomobilingiz yuzasidan muammo paydo bo‘lganda, Siz avtomobilning nosozligini diagnostika qilish va uni ta’mirlash uchun, vakolatlangan dilerga murojaat qilishingiz lozim. Siz undan avtomobilni sotib olgan vakolatlangan diler, avtomobilingiz haqidagi yetarli ma’lumotga ega bo‘ladi, va Sizning manfaatlaringizni qondirishdan manfaatdor bo‘ladi.

Avtomobilni soz texnik holatida saqlab turish, va kafolatning saqlanishi uchun Siz avtomobildan normal foydalanishning barcha qoidalariga va ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga, hamda texnik xizmat ko‘rsatishning belgilangan reglamentiga rioya qilishingiz kerak.

* Tabiiy xususiyatdagi eskirish – detalning (tarmoq yoki agregatning) atrof muhitning normal ta’siri natijasida yoki yeyilishi oqibatidagi yaroqliligining kamayishidir. Eskirishning intensivligi va detalning (tarmoq yoki agregatning) xizmat qilish muddati, detalning (tarmoq yoki agregatning) foydalanish sharoitlariga (yuklanish va uning xususiyatlari, harorat va namlik, ekologik vaziyat va hokazolar), hamda detalni ishlab chiqarish materialiga, mazkur nashrda va Avtomobildan foydalanish qo‘llanmasida bayon etilgan avtomobildan foydalanish qoidalariga va shartlariga o‘z vaqtida va to‘liq rioya qilinishiga bog‘liq bo‘ladi.