Kafolat davri

Kafolat vakolatli dilerlar orqali sotilgan avtomobillarga taalluqli bo‘ladi va normal sharoitlarda foydalaniladigan avtomobillar uchun, qaysi biri avvalroq yuz berishiga qarab, avtomobilning egasi tomonidan qabul qilinishi kunidan boshlab 12 oyni, yoki jami bosib o‘tilgan 20000 km yo‘lni tashkil etadi.

Kafolat faqat muayyan avtomobilgagina taalluqli sanaladi uning egasiga esa shaxsan bog‘liq bo‘lmaydi. Avtomobilning sotilishida sotuvchi servis kitobchasini yangi egasiga topshirishi va vakolatlangan dilerning muhrini qo‘yishi, hamda yangi egasining ma’lumotlarini servis kitobchasiga kiritishi shart. Kafolat davri mobaynida avtomobilning yangi egasi servis kitobchasida ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchining barcha talablari bajarilishi sharti bilan, kafolatga ega bo‘lish yuzasidan xuddi shunday huquqlarga ega bo‘ladi.