logo
Orqaga k ro'yxatiga

ASAKA AVTOMOBIL ZAVODI: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR AMALIYOTGA JORIY ETILMOQDA

Yurtimiz istiqlolining 24 yillik shodiyonasi arafasida “GM O’zbekiston” kompaniyasi «Chevrolet Labo» avtomobilini yurtdoshlarimizga taqdim etishdi. Ushbu kichik o‘lchamdagi yuk tashish mashinasi “GM O’zbekiston” kompaniyasining Xorazm viloyatidagi filialida ishlab chiqarilmoqda. O‘z navbatida Andijon viloyatidagi Asaka avtomobil zavodi ham 2016 yildan yangi avtomobil rusumini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish maqsadida yangi model loyihasini  amaliyotga joriy etish bo‘yicha  keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan joriy yilning avgust oyida (3-20 avgust kunlari) Asaka avtomobil zavodining yig‘uv sexiga yangi avtomobil rusumini yig‘ish uchun mo‘ljallangan zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilishi sababli, zavodning yig‘uv sexida bir qator profilaktika va o‘rnatish ishlari olib boriladi.

 «O‘zavtosanoat» AK

 Axborot xizmati  tel: 267 74 84