logo

Captiva

Chevrolet Captiva - bu hammabop yo‘ltanlamas va oilaviy ixcham avtomobilning o‘zaro noyob uyg‘unlashuvi natijasidir.

Avtomobil noodatiylikni ifodalovchi tashqi qiyofasi: jo‘shqinligi va xushbichimligi jihatidan bemalol boshqa avtomobillar bilan raqobatlasha oladi. 2,4 l. sig‘imga ega dvigatel 167 ot kuchiga teng quvvat bilan ta'minlay oladi. Xavfsiz va qulay yo‘ltanlamas avtomobilning hammabopligini va omilkorligini qadrlaydiganlar uchun Chevrolet Captiva eng ajoyib tanlov.

Avtomobilning yuqori darajada jihozlangan sifatli saloni yo‘ltanlamasning ashaddiy ishqibozlarini befarq qoldirmaydi. Captiva krossoveri zamonaviy oilalar uchun maxsus ishlab chiqarilgan.

Haqiqiy yo‘ltanlamas - Captivaning mustahkamligi, ishonchliligi va kengligi sizga ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi.

Экстерьер

Chevrolet Captivaga uzoqdan bo‘lsa ham bir nigoh tashlang. U atrofdagi hasadgo‘y nigohlarga o‘zining nimalarga qodirligini namoyon etishga tayyor. Avtomobilning yangi old bamperi va radiator panjarasi, shuningdek, diodli orqa chiroqlar avtomobilning tashqi ko‘rinishiga o‘zgacha vajohat bag‘ishlaydi. 

Интерьер

Chevrolet Captiva - juda bag‘ri keng avtomobil. Boshqa krossoverlarni bunday atay olmaysiz. Orqa o‘rindiqlar yig‘ib qo‘yilganda avtomobil salonidagi bo‘shliq 1577 l hajmni tashkil etishi sizda katta taassurot uyg‘otadi. Haydovchi o‘rindig‘i yelkaning pastki qismini himoya qilish uchun ajoyib suyanchiq va sakkiz holatga elektron sozlash funksiyasi bilan jihozlangan. Shuningdek, uchinchi qatordagi o‘rindiqlarni xohish va vaziyatga hamda yukning miqdoriga qarab, turli holatlarga sozlash natijasida 5 yoki 7 ta o‘rindiqni tanlashingiz mumkin. Chevrolet Captivaning tom qismida lyuk ham mavjud. Bularning barchasi o‘z taassurotlaringizni yoningizdagi hamrohingiz bilan o‘rtoqlashishga imkoniyat yaratadi.   

 

Техник таснифи ва нархи

Модификация Жиҳозлаш тавсифи Нарх*
Сўм ХПК**

LTZ А/Т

VY7 C37 PYB/RSX C68/CJ2 AM9 AQ2 G67 CF5 V3E C38 UD7 TUQ E62 KAO QQ6/RVZ TR6 USR AT7 IOB T4L UVC TPV VWC AT3

Uzatmalar qutisi dastagining charm qoplamasi, haydovchi o'rindig'ini isitish tizimi, quyma disklar (18х7), iqlim-nazorat, uchinhci qatordagi o'rindiqlar, yukxonada kam yuklarni mustahkamlab quyadigan moslama, kuchaytirilgan orqa osmalar, elektr lyuk, tomda yuk ortuvchi moslama, old o'rindiqlarni isitish tizimi, orqaga haydaganda xavfdan ogoh etuvchi tizim, sigaretni tutatish/old rozetka, tayanch pog'ona, ,jishqaruv pultiga ega bir juft kalit, zahira gildirak (vaqtincha), rostlanuvchi old chiroqlar, orqa o'rindiqlardagi xavfsizlik kamarlari, 3 nuqtali yelkani tutish moslamasi, USB uchun qism, multimedia tizimi, diodchiroqli old faralar, orqani ko'rsatuvchi kamera, xromli radiator panjarasi, markaziy uskunalar paneli bezaklari, bolalar o'rindiqlarini kuchaytirilgan turda o'rnatish uchun moslama. -

67 167 000


 

* Автомобил нархлари опцияларнинг сонига қараб ўзгариши мумкин.

** Ҳалқаро Пластик Карта асосида сотувдаги автомобил нарҳи, тўлов кунидаги Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки курси асосида.

 

 

 

Двигател
Цилиндрлар сони 4, қатор жойлашув
Иш ҳажми, см3

2384

Максимал қуввати, кВт/л.сон. 167/5600 об/дақ
Бураш лаҳзаси, Нм/об.дақ 230/4600 об/дақ
Трансмиссия
Узатма тури Олд
Трансмиссия тури
AT6

Осма

Олд Макферсон стойкаси
Орқа Боғлиқ
Тормоз тизими
Олд/орқа Дискли/барабанли
Ўлчамлари
Узунлиги, мм 4673
Кенглиги, мм 1868
Баландлиги, мм 1756
Ғилдираклар базаси, мм 2707
Минимал қайирилиш радиуси, м 5,75
Ички ҳажмлар
Автомобил юкхона бўлимининг ҳажми орқа ўриндиқлар кўтарилган/йиғилган ҳолатида, л 477
Оғирлиги
Автомобил вазни, кг 1815
Автомобилнинг тўлиқ вазни, кг 2474
Динамика
Энг юқори тезлиги, км/соат. 178
0 дан ~ 100 км/соатгача тезлашиш, сон.  11
Ёнилғи сарфи
Шаҳар ичида, л 12,8
Аралашган цикл, л 9,3
Ёнилғи тури ва маркаси АИ - 92
Ёнилғи баки ҳажми, л 65