logo

Cobalt

Chevrolet Cobalt - bu GM korporatsiyasining Braziliy filialidagi dizaynerlar tomonidan GM avtomobillarini loyihalashtirish jarayonida dunyo miqyosidagi standartlardan foydalangan holda yaratilgan oilaviy sedan. Mutlaqo yangi Cobalt dunyo avtomobil bozorida xaridorgirligi bo‘yicha o‘z sinfidagi yetakchi avtomobil bo‘lishi uchun GM ning butun dunyodagi ishchilar jamoasi tomonidan loyihalashtirilgan. Chevrolet Cobalt  qulaylik, nafislik va yuksak dinamik xususiyatlar hamda eskirmaydigan an'anaviy klassik dizaynni o‘zida jamlagan. Avtomobil eng yuqori xavfsizlik darajasini ta'minlashi uchun kuzov yuqori sifatli po‘latdan ishlangan, ABS (blokirovkaga qarshi to‘xtash tizimi) va haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan.

Eksterer

Yo‘lda mayda narsalar bo‘lmaydi, shuning uchun Chevrolet Cobaltning tashqi ko‘rinishi va har bir qismi ustida puxta o‘ylangan. Yon oynalar orqa manzaraning keng ko‘rinishini ta'minlasa, unga o‘rnatilgan isitish tizimi hatto qahraton sovuqlarda ham muzning erib ketishini kafolatlaydi. Tumanga qarshi chiroqlar esa  eng yomon ob-havo sharoitida ham yo‘lni ko‘rsatishga qodir. Elektron old va orqa oynako‘targichlar yordamida avtomobilning har bir oynasini birgina tugmachani bosish orqali bir necha soniyada ochib yopishingiz mumkin. Ko‘rkam tashqi o‘lchamlar keng salon va katta sig‘imli yukxonani biroz yashirib turgandek taassurot uyg‘otadi. O‘ziga xos 15 dyuymli yengil quyma disklar va orqa bamperga xrom bilan ishlov berilgan molding Chevrolet Cobaltning dizaynini to‘ldirib turibdi. Avtomobilda mavjud barcha zaruriy funksiyalar va omilkorlikning eng maqbul jamlami Chevrolet Cobaltni har qanday masofada, har galgi safarda har bir oila uchun eng ideal avtomobil, tengi yo‘q hamroh va ishonchli yordamchi bo‘lishiga zamin yaratadi.

avtomobilning ichki ko'rinishi

Har qanday haydovchi dastlab Chevrolet Cobaltning kengligini alohida qadrlaydi. Chevrolet brendi konsepsiyasi bo‘yicha salonda yaratilgan kenglik, nafaqat haydovchiga, balki har bir yo‘lovchiga ham qulaylikni yaratadi. Chevrolet Cobalt avtomobili ustida bosh qotirgan muhandislarimiz haydovchi o‘rnining tuzilishiga, barcha boshqaruv qism va qurilmalari haydovchining qo‘l ostida bo‘lishiga asosiy e'tiborni qaratishdi. Interyerda esa mayda narsalarni qo‘yish uchun ko‘p sonli qulay bo‘lmachalar bo‘lishi ko‘zda tutishgan.

Chevrolet Cobalt oilaviy avtomobili saloniga besh kishi juda qulay joylashishi mumkin. Boshqaruv qismlari esa haydovchi va yo‘lovchi uchun imkon qadar qulay joylashtirilgan. Bu jihatdan olib qaraganda har qanday oilaviy sayohat yoqimli va qiziqarli bo‘lishi uchun avtomobilda barcha qulaylik yaratilgan. Qish va yozning eng og‘ir ob-havo sharoitlarida ham avtomobilda mo‘'tadil iqlim bo‘lishi uchun orqada o‘tirgan yo‘lovchilarga mo‘ljallangan qo‘shimcha havo yetkazuvchi qurilmalar mavjud. Aksariyat foydali qurilmalar sizni va yaqinlaringizni o‘z uydagidek his qilishini ta'minlaydi. Hatto chiroqlar yonib o‘chish jadalligini o‘zingizga qulay bo‘lgan holatga sozlashingiz mumkin.

Texnik tasniflar  GSVEM
RUSUMGSVEM [DOHC 1.5.L]
TURI LSLTLTZ
Kuzov
TOIFA 4х esh.Notch back
Tuzilishi/material Tutib turuvchi/po’lat
O’rindiqlar soni 5
O’lchamlari (мм)
Tashqi Uzunligi 4479
Kengligi 1735
Balandligi 1514
G’ildiraklar bazasi 2620
G’ildirak (old/orqa) 1509
Klirens -
Dvigatel
Toifa ENGINE - GAS, 4 CYL, 1.5L, MFI, L4, DOHC, AFM, GEN 2, FAM A/B, 77 KW, GMAP
Ish hajmi (sm.kub) 1485
Silindrlar soni 4 qator
Silindr va porshenlarning diametri (mm) 74,7 / 84,7
Siqish darajasi 10.2:1
Quvvati (o.k/ob.daq) -
Eng yuqori burash lahzasi (Нм/ob.daq) 134/4000
TRANSMISSIYA
Uzatmalar qutisi MT-5 MT-5 / AT-6
Ulashma фрикционное/ гидротрансформаторное
Asosiy uzatmalar soni 4.294
Hajmlar va og’irliklar
Yonilg’I baki hajmi (L) 47
Yukxona hajmi (L) 563
Akkumulyator 12V (Ach) 50/60
Avtomobil vazni (kg) 1080/1125
Avtomobilning to’liq vazni (kg) -
DINAMIK TASNIFI
Eng yuqori tezligi (km/ch) 170
0 dan ~ 100 km/ch gacha tezlashish (son.) 11.7/12.6
RUL BOSHQARUVI
Toifa Shesternya va reyka 
Eng kichik radiusda qayrilish (m) 5
Tormoz
Toifa X-toifa
old/orqa diskli/barabanli
OSMA
Old MakFerson
Orqa Mustaqil, uzayt. Dastakli
YONILG’I SARFI (L/100 кm)
- 90 кm/ch 6.5/7
- 120 кm/ch 8.4 / 8.8
- shahar ichida 8.5/9