logo

Lacetti

Agar sizga avtomobilning tashqi ko‘rinishi muhim bo‘lsa u holda Lacetti aynan siz uchun. To‘g‘ri mutanosiblik, silliq forma, bo‘rttirib ishlangan chiziqlar bir-biriga hamohang tarzda savlatli interyer va eksteryerga ega avtomobil. Lacetti zamonaviy va shinam saloniga besh nafar insonni juda qulay joylashtira oladi. Uskunalar paneli haddidan oshmaydigan xilma-xil uslublari ajralib turadi. Xrom bilan ishlov berilgan qismlar va qurilmalar mukammal joylashtirilgan. Avtomobilning yurish qismi jiddiy sinovlardan o‘tkazilgan hamda mukammal darajaga yetkazilgan.Lacetti kuzovining zamonaviy dizayni Italiyaning mashhur Pininfarina avtomobil atelyesi mehnatining mahsulidir. Bodomsimon oldchiroqlar va uzun ohista chiziqlar kishini o‘ziga tortadigan shaklni hosil qiladi. Kelishgan dizaynga ega 4 eshikli Lacetti avtomobili keng saloni bilan birga bu shunchaki oddiy oilaviy sedan emas. 

Экстерьер

Avtomobilning tashqi ko‘rinishi italiyalik mutaxassislar tomonidan yaratilgan shuning uchun u yetarlicha jozibali ko‘rinadi. Mazkur modelning eng asosiy ahamiyati bir tekisda oxiriga yetkazilgan chiziqlar tufayli asliga qaraganda biroz kattaroq va salobatliroq ko‘rinishidir. Bunda biroz yuqori sinfdagi avtomobillarning o‘ziga xos tashqi bezaklari dinamik jo‘shqinlik va ulug‘vorlikni kasb etadi.Avtomobil tashqi ko‘rinishidagi barcha qismlar 15 dyuymli disklardan boshlab, orqani ko‘rsatuvchi o‘ziga xos yon oynalargacha italyancha nafislik va yuqori sifati bilan alohida ajralib turadi.

Интерьер

Chevrolet Lacettining interyeri oddiyligi va ko’rkamligi bilan ajralib turadi. Sifatli bezak materiallaridan foydalanishda yagona rang gammasiga e'tibor qaratilganligi shinamlikni ta'minlaydi va salondagi bo‘shliqni kengaytiradi. Barcha zaruriy boshqaruv qurilmalarini o‘zida jamlagan uskunalar paneli, charm qoplangan qulay rul chambaragi, yoritilgan bardachok (g‘aladon), iqlim nazorat tizimi, spidometr bularning barchasi avtomobil jamlamidagi eng kichik qism bo‘lsa-da o‘ziga, xos uslubda ishlangan.Qulay yurishi uchun avtomobil alohida tirsakqo‘ygichlar, bo‘lmachalar, stakan qo‘yish, hatto axlat uchun  alohida joylar bilan jihozlangan. Tevarak-atrofning juda yaxshi ko‘rinishi xavfsiz harakatlanishingizni ta'minlasa, dvigatelning ortiqcha shovqinsiz ohista ishlashi va shovqindan himoya qiluvchi ajoyib qatlam sizga alohida qulaylik yaratadi.   

 

Техник таснифи ва нархи

Модификация Жиҳозлаш тавсифи Нарх*
Сўм ХПК**

SX М/Т C60 RRL JL9 UPX

konditsioner, po'lat disklar (15х6,0), blokirovkaga qarshi tormoz tizimi (ABS), audiotizim -

28 301 500


CDX М/Т C60 RRK JL9 AJ3 B18 UK3 T3U DL7 UPX UW6

konditsioner, po'lat disklar (15х6,0), blokirovkaga qarshi tormoz tizimi, haydovchi tomonida xavfsizlik yostiqchasi, yog'ochdan ishlangan bezaklar, audiotizimni rulga o'rnatilgan masofadan boshqarish tizimi, tumanga qarshi old chiroqlar, isitish va elektr yig'ilish funksiyasiga ega orqani ko'rsatuvchi yon oynalar, audiotizim, qo'shimcha ovozkuchaytirgichlar - 33 426 630

CDX A/T C60 CF5 MH9 RRK JL9 AJ3 B18 UK3 T3U DL7 UPX UW6

konditsioner, elektr lyuk, avtomat uzatmalar qutisi, po'lat disklar (15х6,0), blokirovkaga qarshi tormoz tizimi, haydovchi tomonida xavfsizlik yostiqchasi, yog'ochdan ishlangan bezaklar, audiotizimni rulga o'rnatilgan masofadan boshqarish tizimi, tumanga qarshi old chiroqlar, isitish va elektr yig'ilish funksiyasiga ega orqani ko'rsatuvchi yon oynalar, audiotizim, qo'shimcha ovozkuchaytirgichlar
80 925 630
-

 

* Автомобил нархлари опцияларнинг сонига қараб ўзгариши мумкин.

** Ҳалқаро Пластик Карта асосида сотувдаги автомобил нарҳи, тўлов кунидаги Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки курси асосида.

 

 

 

Двигател
Цилиндрлар сони 4, қаторли жойлашув
Иш ҳажми, см3 1485
Максимал қуввати, кВт/л.сон. 107/5800 об/дақ
Бураш лаҳзаси, Нм/об.дақ 141/3800 об/дақ
Трансмиссия
Узатма тури Олд
Трансмиссия тури
MT5/AT6

Осма

Олд Макферсон тури
Орқа Мустақил, кўп рыжакли
Тормоз тизими
Олд/орқа Дискли/барабанли
Ўлчамлари
Узунлиги, мм 4515
Кенглиги, мм 1725
Баландлиги, мм 1445
Ғилдираклар базаси, мм 2600
Минимал қайирилиш радиуси, мм 5020
Ички ҳажмлар
Автомобил юкхона бўлимининг ҳажми орқа ўриндиқлар кўтарилган/йиғилган ҳолатида, л 405/1225 
Оғирлиги
Автомобил вазни, кг 1245/1300
Автомобилнинг тўлиқ вазни, кг 1660/1680
Динамика
Энг юқори тезлиги, км/соат. 180/179
0 дан ~ 100 км/соатгача тезлашиш, сон.  13/13,1
Ёнилғи сарфи
Шаҳар ичида, л 8,5/10
Аралашган цикл, л 7/7,5
Ёнилғи тури ва маркаси АИ - 92
Ёнилғи баки ҳажми, л 60