logo

Malibu

Chevrolet Malibu - bu Chevrolet kompaniyasidan interyerning sifatli qismlari, yuqori xavfsizlik darajasi va birinchi toifali yurish qismi tasnifiga ega bo‘lgan yangi yetakchi sedan. Malibu kuzovining mustahkamligi bo‘yicha o’rta o’lchamdagi boshqa sedanlardan ustun turadi. Shuningdek, yo‘lda harakatni aniq nazorat qilish uchun ajoyib boshqariluvchanlikka ega.

Bundan tashqari, boshqaruv mexanizmining yuksak darajada ishlanganligi ohista harakatlanishni ta'minlaydi.

Chevrolet Malibuning saloni o‘z sinfidagi avtomobillar orasida eng keng va juda qulay ishlangan. Kuzovning kengligi tufayli Malibu yo‘lovchilar va yuk uchun juda katta bo‘shliqni taqdim etadi.  Avtomobil tuzilishida maxsus shovqin yutuvchi materiallardan foydalanilgan: old osmalar McPherson va ko‘pdastakli mustaqil ort osmalar, dvigatel esa maxsus izolyatsiya qilingan bo‘lmada joylashgani bois salonga ortiqcha shovqin, umuman kirmaydi.

Yangi Malibu avtomobili dunyo miqyosida yuqori darajaga ko‘tariladi. Ushbu sedan dunyoning 6 mintaqasidagi, deyarli 100 dan ortiq davlatda sotiladi. Avtomobilga yangi tejamkor 4 silindrli, hajmi 2,4 l. bo‘lgan 169 ot kuchi quvvatiga ega dvigatel 6 bosqichli uzatmalar qutisi bilan birga o‘rnatilgani bois, avtomobil yuqori dinamik xususiyatga ega.

Eksterer

Yangi Malibuning aerodinamik dizayni nafaqat jozibali ko‘rinadi, balki harakatlanish paytida shovqin va silkinishlarning minimum darajaga tushirishda ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yonilg‘i tejamkorligini ham oshirishga hissa qo‘shadi. Chevrolet Malibuni loyihalashtirishda uning kuzovidagi har bir shiddatkor chiziq va bukilishlar bir vaqtning o‘zida dizaynning ulug‘vor va go‘zalligini ta'minlash bilan birga, avtomobilning dinamik ko‘rsatkichini oshirishga ham xizmat qilishi alohida e'tiborga olingan.    Ushbu mujassamlikni avtomobilning kupeni eslatuvchi tashqi ko‘rinishi va har bir qismida uchratish mumkin.

Endi sizga sumka yoki portfelingizdan avtomobil kalitini qidirishga ortiqcha vaqt sarflash uchun hojat yo‘q. Avtomobil eshigini masofadan turib ochishingiz mumkin. Malibuning mustahkam ishlangan kuzovi avtomobil boshqariluvchanligini oshiribgina qolmay, balki haydovchi va yo‘lovchilarni ham ishonchli himoya qiladi.

avtomobilning ichki ko'rinishi

Chevrolet dizaynerlari Malibu salonida qulaylik va jo‘shqinlikning o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida yuzaga kelgan noyob muhitni yaratishgan. Bezaklar uchun yuqori sifatli materillarning ishlatilganligi  interyerning tabiiyligini oshirgan. Bundan tashqari, avtomobil bir qancha foydali funksiyalar bilan  boyitilgan. Misol uchun, ovozli boshqarish imkoniyatiga ega audiotizim rul chambaragiga haydovchi uchun juda qulay qilib joylashtirilgan. Narsalarni qo‘yish uchun mo‘ljallangan ko‘p sonli bo‘lmachalar orasida suriluvchi 7 dyuymli sensorli displeyning orqasida maxsus tirqish mavjudligini alohida ta'kidlash kerak. Bu smartfon yoki iPodingiz uchun eng qulay joydir.     

Katta va qulay o‘rindiqlar, keng salon narsalarni qo‘yish uchun ko‘plab bo‘lmachalar - bularning barchasi sizda qoniqish hissini paydo qiladi. Avtomobil tuzilishida foydalanilgan shovqin yutuvchi materiallar, mustaqil osmalar, dvigatel uchun izolyatsiyalangan alohida joy Malibu salonining osoyishta va shinam bo‘lishiga xizmat qiladi.

Aksariyat insonlar avtomobilda ko‘p vaqtini o‘tkazishadi. Shuning uchun o‘rindiqlar dizayni va ularning tuzilishi bunday insonlar uchun  g‘oyatda muhim.

Malibu o‘rindiqlari quyidagi xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.

Uzoq safarlarda qulaylikni ta'minlash uchun anatomik yon himoyasi.

O‘rindiqni elektron sozlash imkoniyati tufayli siz rul boshqarish uchun o‘zingizga qulay holatda joylashishingiz mumkin.

Har safar o‘zingizga qulay holatga sozlashga vaqt sarflamasligingiz uchun haydovchi o‘rindig‘ida xotira funksiyasi mavjud.

Malibu haqiqatdan ham o‘zgacha tassurot qoldiruvchi xavfsizlik darajasiga ega. Oltita xavfsizlik yostiqchalari, tortish kuchini  nazorat qilish va dinamik mo‘'tadillashtirish tizimi kabi bir qfancha  funksiyalar uning xavfsizlik darajasini yangi bosqichga olib chiqqan:

Faol boshqo‘ygichlar (bo‘yin va orqa miya jarohatlanmasligining oldini olish uchun)

Yelkaning pastki qismini himoya qilish uchun ajoyib  suyanchiq

Jarohat yetkazmaydigan tepki qismlari

Shinalardagi havo bosimini nazorat qilish tizimi.

Umumiy ma'lumotlar

Kuzov turi

 

Sedan

Tortish turi

 

Old tortma

Eshiklar / o‘rindiqlar

 

4 / 5

Gabarit o‘lchamlari U/K/B

mm

4865 / 1855/ 1465

Baza

mm

2737

Ol g‘ildiraklar / orqa g‘ildiraklar

mm

1583 / 1585

Yukxona sig‘imi

l

545

Yonilg‘i baki sig‘imi

l

73

Kuzov tomiga ruxsat etilgan eng yuqori bosim

kg

100

Avtomobil og‘irligi / To‘liq vazni

kg

1520 / 2100

1539 / 2100

1650 / 2200

Dvigatel va transmissiya

Ekologik xavfsizlik darajasi

 

Yevro-5

Toifa

 

Benzinli 2,4

Benzinli 3,0 V6

Ish hajmi

sm.kub

2384

2997

Silindrlar va klapanlar soni

 

4 / 16

6 / 24

Eng yuqori quvvati (o.k.) tezlanish

167 / 5800 da

263 /6900 da

Eng yuqori burash lahzasi (Nm) tezlanish

225/ 4600 da

290 / 5600 da

Silindr diametri

mm

88 / 98

89 / 80,3

Uzatmalar qutisi

 

6 bosqichli mexanik

6 bosqichli avtomat

6 bosqichli avtomat

Yurish qismi

Old osmalar

 

mustaqil  Mc Pherson

Orqa osmalar

 

mustaqil, 4-dastakli

Tormoz mexanizmlari

Old va orqa - diskli

G‘ildirak disklari

 

7.0Jx17 / 8.0Jx18

Shinalar

 

225/55 R17 / 245/45R18

Foydalanish ko‘rsatkichlari

Yonilg’i sarfi: shahar ichida

l/100 km

10,8

11,5

14,4

Yonilg‘i sarfi: shahardan tashqarida

l/100 km

6,0

6,0

6,9

Yonilg‘i sarfi: umumiy

l/100 km

7,8

8,0

9,6

Eng yuqori tezligi

km/s

204

206

220

0 dan 100 km/s gacha tezlashish

son.

9,5

10,2

7,9

Shovqin o‘tkazmaslik darajasi (eng yuqori)

dB

73,8

72,3

72,7

Qayrilish diametri

m

11,9