logo

Matiz

Matiz - kamlitrajli avtomobillarning tejamkorligini qadrlaydigan haydovchilar uchun boshqarish qulay bo‘lgan shahar avtomobilidir. Matizda zamonaviy funksional avtomobilga oid dizaynerlik g‘oyalari mujassamlashgan. Yengil hamda ko’rkam, avtomobil shinamgina salon va bejirim tashqi ko‘rinishga ega. O‘zining ixchamgina o‘lchamlari va boshqariluvchanligi tufayli unga har qanday tirbandliklar qo‘rqinchli emas. 0,8 va 1 l xajmli dvigatelning tejamkorligi tufayli Matiz bor-yo‘g‘i bir litr yonilg‘i bilan 22,2 km masofani bosib o‘tishga qodir. Xohishingizga ko‘ra, Matiz avtomat yoki mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlanishi mumkin. Vakuumli kuchaytirgichga ega 7 dyuymli ishonchli tormoz avtomobilning har qanday shoshilinch holatlarda ham tezkor to‘xtay olishini kafolatlaydi. Tejamkor, ishonchli va foydalanish uchun juda oddiy bo‘lgan Matiz sizning tengi topilmaydigan do‘stingizga aylanadi va sizga yoqimli taassurotlarni hadya etadi.

Eksterer

Matizning tashqi ko‘rinishi va interyeri Italiyaning mashhur dizayn kompaniyasi «ItalDesign-GiugiaroS. P. A.» tomonidan ishlab chiqilgan. Keyinchalik u ikki marta yangilandi. Avtomobilning o‘ziga xosligi ravon silueti, sezilmaydigan darajada kapotga qo‘shilib ketgan katta old oynasi, oval ko‘rinishdagi chiroqlari, kengaytirilgan g‘ildiraklar arkasi bilan xarakterlanadi.

avtomobilning ichki ko'rinishi

Matizning “mini” sinfga mahsub ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, uning interyeri anchagina keng.  Bezaklari juda ixcham va oddiy bo‘lsa-da, ko‘rgan ko‘zni quvontiradi. Boshqaruv qismlari ham o‘ziga xos holda uskunalar paneliga juda batartib joylashtirilgan. Rul chambaragi qulay, o‘rindiq keng ko‘lamdagi rejimlarga o‘tkazish funksiyasi bilan ta'minlangan, har bir qismni ko‘rish juda oson. Oldoynaning kengligi hamda orqani ko‘rsatuvchi ko‘zguning qulay joylashgani bois, tevarak-atrof juda yaxshi ko‘rinadi.  Avtomobil saloni dvigatel ovozini o‘tkazmaydigan darajada ko‘pqatlamli himoyaga ega. Salondagi joy haqiqatdan ham siz o‘ylaganingizdan-da katta. Qiyinchiliksiz to’rt kishi bemalol joylashishi mumkin.

RUSUM

MATIZ [0.8L / 1.0L]

TURI

M

MX (MT/AT)

BEST

КУЗОВ

 

 

 

TOIFA

5 eshikli. Hetch beck

Tuzilishi/material

Tutib turuvchi/po’lat

O’rindiqlar soni

5

O’lchamlari (мм)

     

Tashqi

Uzunligi

3495

 

Kengligi

1495

 

Balandligi

1485

G’ildiraklar bazasi

2340

G’ildirak (old/orqa)

1315/1280

Klirens

160

DVIGATEL

     

Тoifa

F8CV, SOHC 2V MPI 
4 taktli, benzin. Yonilg’i purkash

B10S, SOHC 2V MPI 
4 taktli, benzin. Yonilg’i purkash

Ish hajmi (sm.kub)

796

995

Silindrlar soni

3 qator

4 qator

Silindr va porshenlarning diametri (mm)

68,5 x 72,0

68,5 x 67,5

Siqish darajasi

9.3

Quvvati (o.k/ob.daq)

49/6000

62/5600

Eng yuqori burash lahzasi (Нм/ob.daq)

65/3400

87/4200

TRANSMISSIYA

     

Uzatmalar qutisi

MT-5

MT-5 / AT-4

MT-5

Ulashma

Qur. yakkadiskli

Qur. yakkadiskli 

Qur. Yakkadiskli

Asosiy uzatmalar soni

4.444

4.709

Hajmlar va og’irliklar

     

Yonilg’I baki hajmi (L)

38

Yukxona hajmi (L)

104

Akkumulyator 12V (Ach)

35

45

Avtomobil vazni (kg)

778

778/855

778 ~ 855

Avtomobilning to’liq vazni (kg)

1153

1230

1230

DINAMIK TASNIFI

     

Eng yuqori tezligi (km/ch)

144

144 / 128

145

0 dan ~ 100 km/ch gacha tezlashish (son.)

18.2

18.2 / 25

18

RUL BOSHQARUVI

     

Toifa

Shesternya va reyka

Eng kichik radiusda qayrilish (m)

4.5

Tormoz

     

Toifa

X-toifa

old/orqa

diskli/barabanli

OSMA

     

Old

Mak Ferson

Orqa

Mustaqil, uzayt. Dastakli

G’ildiraklar va shinalar

     

G’ildirak

13 x 4.5J po’lat

13 x 4.5J quyma (opts.), 13 x .5J quyma (opts.)

Shina

145/70R13

155/65R13

YONILG’I SARFI (L/100 кm)

- 90 кm/ch

5.0

5.0 / 5.5

5.4 (exp)

- 120 кm/ch

8.3

8.3 / 8.6

8.0 (exp)

- shahar ichida

7.4

7.4 / 8.0

7.5 (exp)