logo

Nexia

Mana bir necha o‘n yildirki Nexia avtomobili nafaqat o‘zining muhimligini yo‘qotmasdan, balki ichki va tashqi bozorda o‘ziga bo‘lgan katta talabdan foydalanishda davom etib kelmoqda. Yangilangan ko‘rinishdagi Nexia avtomobilini ishlab chiqarish 2008 yilning iyun oyida boshlangan edi. Qayta ishlash Nexiaga aerodinamik xususiyati kuchaytirilgan orqa bamper, yangilangan chiroqlar va radiator panjarasini olib kelish bilan birga, uskunalar paneli, xavfsizlik va  qulaylik nuqtai - nazaridan biroz o‘zgartirilib, bir butun yaxlit holga keltirildi. Yangi old va orqa chiroqlar avtomobilga yetarlicha   savlatli ko‘rinish bergan. Avtomobil saloni interyeri nazokat bilan ishlangan va zamonaviy narsalarni o‘zida mujassamlashtirgan.

Nexia avtomobilini boshqarish kishiga kutilmagan ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Dvigatel sezilar-sezilmas darajadagi tezlikda ham misli kutilmagan darajada tezlashib ketadi.

Nexia ikki turdagi: quvvati 80 ot kuchiga teng, sig‘imi 1,5 l. Xajmli SOHC va quvvati 108 ot kuchiga teng 1,6 litr hajmga ega DOHC dvigatellari bilan jihozlangan tarzda ishlab chiqarilmoqda. Har ikkala dvigatel ham EURO 3 xalqaro ekologik talablariga to‘liq javob beradi. Nexia 100km/s gacha bo‘lgan tezlikka o‘rtacha 11,6 sekundda erishadi. Eng yuqori tezligi esa 175km/s. Avtomobil xavfsizlik yostiqchasini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan yangi rul chambaragi bilan jihozlangan. Eshiklarning yangi qoplamalari esa shovqin o‘tkazmaydigan  materiallardan foydalangan holda tayyorlangan. Nexia o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uni boshqarganingizda haqiqiy qoniqish hosil qilasiz. 

Экстерьер

Nexia o‘zining uzun kapoti, keng sig‘imga ega yukxonasi, to‘g‘ri tushgan orqa g‘ildirak arklari bilan mutanosib ko‘rinishga ega. Avvalgi modifikatsiyalaridan farqi to‘g‘risida shuni aytish mumkinki, birinchi navbatda, old chiroqlarning ichki tomondan yumaloq shakl qo‘shilishi natijasida biroz cho‘zilib, boshqa ko‘rinishga ega bo‘lgani ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari, ular radiator panjarasiga yaqinroq joylashgan. O‘zgarishlar old va orqa bamperlarga ham taalluqli bo‘lib, ular sal kattalashgan. Orqa nomer taniqlilik belgisi o‘z joyini o‘zgartirib yukxona eshigidan joy olgan. 

Интерьер

Avtomobilning ichki ko‘rinishi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, uni qisqaсha qilib tavsiflash mumkin. Hech qanday ortiqcha narsalar yo‘q - hammasi oddiy. Barcha kerakli qurilmalar qo‘l ostingizda. Uskunalar paneli - deyarli klassik uslubda bo‘lib barcha ko‘rsatkich va qurilmalar haydovchi uchun ko‘rinadigan hududda joylashgan. Avtomobil qayta ishlangandan keyin markaziy konsolga alyuminiy ko‘rinishiga o‘xshash chiroyli plastik qoplama o‘rnatilgan. Plastik materialning sifati yuqori darajada bo‘lib, salonni qora rangda jihozlash eng to‘g‘ri qarordir. Yurtimiz iqlimini hisobga oladigan bo‘lsak shamol ko‘p esib chang ko‘tarilishiga qaramasdan salon qoplamalari doimiy kimyoviy tozalashni talab qilmaydi.


RUSUM 

NEXIA [SOHC 1.5] N150

NEXIA [DOHC 1.6] N150

TURI 

GL

GLE

GL

GLE

Kuzov 

 

 

 

 

TOIFA

4х eshikli Notch back

Tuzilishi/material

Tutib turuvchi/po’lat

O’rindiqlar soni

5

O’lchamlari (мм) 

       

Tashqi

Uzunligi

4516

 

Kengligi

1662

 

Balandligi

1393

G’ildiraklar bazasi

2520

G’ildirak (old/orqa)

1406/1400

Klirens

158

DVIGATEL 

       

Тoifa

G15MF SOHC 2V MPI / A15SMS-SOHC 2V MPI / 4 taktli, benzin ёнилғини кўп заррали пуркаш

F16D3-DOHC 4V MPI 
4 taktli, benzin
ёнилғини кўп заррали пуркаш

Ish hajmi (sm.kub)

LEADED&EUROII, III, IV 
1498

LEADED&EUROIII, IV 
1598

Silindrlar soni

4 в ряд

Silindr va porshenlarning diametri (mm)

76.5 x 81.5

79 x 81,5

Siqish darajasi

8.6 / 9.5

9.5

Quvvati (o.k/ob.daq)

80 / 5400

108/5400

Eng yuqori burash lahzasi (Нм/ob.daq)

123/3400

150/4000

TRANSMISSIYA 

 

     

Uzatmalar qutisi

MT-5

Ulashma

Qur. yakkadiskli

Asosiy uzatmalar soni

3.722 / 3,55

3.722 / 3,55

Hajmlar va og’irliklar 

       

Yonilg’I baki hajmi (L)

50

Yukxona hajmi (L)

530

Akkumulyator 12V (Ach)

55

Avtomobil vazni (kg)

969~ 1088

Avtomobilning to’liq vazni (kg)

1404~1530

DINAMIK TASNIFI 

       

Eng yuqori tezligi (km/ch)

163

175

0 dan ~ 100 km/ch gacha tezlashish (son.)

14.5/15.0

11.6

RUL BOSHQARUVI 

       

Toifa

Qur. yakkadiskli

Eng kichik radiusda qayrilish (m)

4.9

Tormoz 

       

Toifa

X-toifa

old/orqa

diskli/barabanli

OSMA 

       

Old

Mak Ferson

Orqa

Mustaqil, uzayt. Dastakli

G’ildiraklar va shinalar 

       

G’ildirak

5,5Jx13 сталь, 5,5x14, сталь для Euro III, IV; 5,5Jx14 GLE po’lat

5,5x14, сталь; 5,5Jx14 GLE, po’lat

Shina

175 / 70R 13T, 185 / 60R 14H

YONILG’I SARFI (L/100 кm) 

     

- 90 кm/ch

5.5 / 6.35

6,5

- 120 кm/ch

7.0 / 8.7

8.4

- shahar ichida

7.5 / 9.2

10.2