logo

Rivojlanish tarixi

Kompaniyaning rivojlanish tarixi

  • 1992-yil iyun – prezident I.Karimovning Koreyaga va Daewoo Motorga tashrifi.
  • 1993-yil mart – “O’zDEUavto” QKning ro’yxatdan o’tishi.
  • 1994-yil iyun – Asaka shahridagi zavodning qurilishi boshlandi.
  • 1996-yil mart – “Damas” avtomobilining ishlab chiqarilishi boshlandi.
  • 1996-yil iyun – “Tico” va “Nexia” avtomobillarinig ishlab chiqarilishi boshlandi.
  • 1999-yil dekabr - ИСО: 9001:1998. xalqaro standartiga muvofiq sifat tizimi sertifikatsiyasiga ega bo’ldi.
  • 2001-yil may – 250 000-avtomobil ishlab chiqarildi.
  • 2001-yil avgust – “Matiz” avtomobilini ishlab chiqarish boshlandi.
  • 2002-yil avgust – DOHC dvigatelli “Nexia” avtomobilini ishlab chiqarish boshlandi.
  • 2003-yil mart – Rossiya Federatsiyasining bozorida “Matiz” avtomobili “Yil avtomobili” nominatsiyasiga sazovor bo’ldi.
  • 2003-yil aprel - ИСО: 9001:2000. xalqaro standartiga muvofiq sifat tizimi sertifikatsiyasiga ega bo’ldi
  • 2003-yil avgust – Lacetti avtomobilini katta blokli  yig’ish yo’lga qo’yildi.
  • 2004-yil iyun – sanoatda innovatsiya va yuksak texnologiyalar, yetakchilik va sifat ko’rsatkichlari uchun “International Quality Summit - New York” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.
  • 2004-yil dekabr – 1,0 litr sig’imli dvigatel va avtomatik uzatish tizimiga ega Matiz Best avtomobilini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
  • 2005-yil oktabr – 500 000-avtomobil ishlab chiqarildi.
  • 2006-yil fevral - B150 o’rniga B100 “Damas’ avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.
  • 2007-yil may - GM Daewoo Auto&Technology kompaniyasi va O’zbekiston Respublikasi hukumati o’rtasida o’zaro strategik hamkorlik kelishuvi imzolandi.
  • 2007-yil iyul – 750 000-avtomobil ishlab chiqarildi.
  • 2007-yil oktabr – Tacuma, Epica и Captiva avtomobillarini katta blokli yig’ish yo’lga qo’yildi.
  • 2007-yil dekabr – EURO III dvigatelli “Nexia” va “Matiz” avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi.
  • 2008-yil mart – “GM O’zbekiston” QK yaratildi.
  • 2008-yil iyun - Nexia N150 avtomobilini ishlab chiqarish boshlandi.
  • 2008-yil noyabr – Lacetti avtomobili seriyali ishlab chiqarila boshlandi.
  • 2008-yil noyabr – millioninchi avtomobil ishlab chiqarildi.
  • 2010-yil avgust – “Spark” avtomobili seriyali ishlab chiqarilishi boshlandi.
  • 2011-yil aprel – “Spark” avtomobili “Shahar avtomobillari” nominatsiyasida “2011-yil Rossiyadagi yil avtomobili” deb topildi.
  • 2011-yil aprel – 1 500 000-avtomobil ishlab chiqarildi.
  • 2011-yil sentyabr – yangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini katta blokli yig’ish boshlandi.
  • 2012-yil mart – Chevrolet Malibu avtomobilini katta blokli  yig’ish boshlandi.
  • 2012-yil sentyabr – Chevrolet Cobalt avtomobilining seriyalari ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi.
  • 2013-yil noyabr - Lacetti II (Gentra) avtomobilining ishlab chiqarilishi boshlandi.
  • 2014-yil mart - Chevrolet Orlando avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.
  • 2014-yil aprel – ikki millioninchi avtomobil ishlab chiqarildi.