logo

Spark

Chevrolet Spark - avtomobili turli davlatlardagi yetakchi dizaynerlarning ijodiy ishlanmalari hosilasidir.  Yangi Spark  ikki qavatli radiator panjarasi, ko‘zga yaqqol tashlanadigan tashqi ko‘rinishi bilan qayerda bo‘lmasin darhol kishi diqqatini o‘ziga tortadi. Bundan tashqari, o‘zining ixcham o‘lchamlari va boshqariluvchanligi tufayli Spark shahar ko‘chalaridagi har qanday serqatnov transport oqimiga bemalol qo‘shilib ketishga qodir.

Spark saloni kengligi jihatidan unga 170 l. hajmdagi  yukni bemalol joylashtirish mumkin. O‘rindiqlar 60:40 o‘lchamga mutanosib ravishda yig‘ilganda salondagi bo‘shliq 568 l. xajmgacha kengayadi. Spark tashqi ko‘rinishidan juda ixcham bo‘lishiga  qaramasdan, uning keng saloniga besh kishi hech bir qiyinchiliksiz joylashishi mumkin.

 Aksariyat avtomobillar o‘ziga xos zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lsa, boshqalari sport musobaqalarida juda ildam harakatlanadigan bo‘ladi. Chevrolet Sparkda esa har ikkalasi ham mujassam. Shaharda ushbu ixcham va boshqariluvchan avtomobil, shosseda esa haydovchining har bir harakatiga o‘ta sezgirlik bilan reaksiyaga kirishadi. Eng asosiysi, qayerda bo‘lmasin uni boshqarish sizga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Gapning Indallosi Chevrolet Spark-bu avtomobil dunyosidagi yangi nomdir.

Avtomobilning mototsikllarnikiga o‘xshash uskunalar panelini siz hatto kutmagansiz. Bundan tashqari, uskunalar paneli shunday joylashganki, uni bir qarashda nigohingiz bilan zabt etishingiz mumkin. Shuning uchun, uskunalar paneli juda oddiy hamda  foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi. Yangi Spark avtomobilining analog ko‘rinishidagi spidometri gabarit chiroqlar yoqilganda  ko‘k rangdagi yorug‘lik fonida aks etuvchi raqamli taxometr bilan to‘ldirilgan. Markaziy paneldagi MP3 va AUX-in funksiyalari hamda USB - o‘qish qurilmasini o‘zida mujassamlashtirgan audiotizim har qanday ko‘chma audioqurilmalarni ulash imkonini beradi. Bundan tashqari, markaziy panelda qo‘l telefoni, pult va shunga o‘xshash mayda buyum, jihozlarni  qo‘yish uchun  alohida bo‘lmacha mavjud. Uzatmalar qutisi dastagining old tarafida esa bir emas ikkita stakanni qo‘yish uchun maxsus joy ajratilgan.

Экстерьер

Spark haqiqatdan ham kuzovining tajovuzkor siniq chiziqlari, ikki bo‘lakli radiator panjarasi hamda orqa eshiklarning yashirin tutqichlari bilan yo‘lda alohida ajralib turadi. Chevrolet Sparkning yanada jozibaliroq  ko‘rsatadigan turli yorqin ranglardagi kuzovini kuzatar ekansiz, ko‘zga yarq etib tashlanadigan dizaynerlik ishlanmalari uning foydasiga ishlashiga amin bo‘lasiz. Shuning uchun biz biroz balandroqda joylashgani bois, nafaqat ko‘zga chiroyli tashlanadigan, balki ko‘rish cheklangan sharoitlarda xavfsizlikni ta'minlashga qodir orqa chiroqlar, biroz baland qilib ishlangani bois aerodinamik xususiyatni oshirib, yonilg‘i sarfini kamaytirishga xizmat qiluvchi g‘ildirak arkalari kabi dizayn ishlanmalarimiz bilan faxrlanamiz. 

Интерьер

Spark saloni mukammal hisob-kitoblar bois, bunday kichik gabaritli avtomobillar uchun ancha keng ekanini ko‘rib hayratlanishingiz turgan gap. Haydovchi qurilmalar juda qulay va ichki his hamda sezgilardan kelib chiqib joylashtirilganligini yuksak baholaydi. Tejamkor Spark kamlitrajiga besh kishi juda qulay joylashishi mumkinligi do‘stlar va oila  davrasida  sayru- sayohat qiluvchilar uchun eng to‘g‘ri tanlov ekanini ko‘rsatatdi.

Chevrolet Sparkda kundalik buyumlar jumladan: qo‘l telefonlari, MP3-pleyerlari, sumka va boshqa  jihozlarni qo‘yish uchun joy yetarlicha. Yaratilgan imkoniyatlar uchun bir qancha misol:

- Markaziy konsolda mayda narsalar uchun ajratilgan alohida bo‘lmacha;

- Ikkita stakanni qo‘yish uchun joy;

- Salon rangiga mos rangda old o‘rindiqlar yonidagi keng sig‘imga ega quti.

 

 

Техник таснифи ва нархи

Модификация Жиҳозланиш тавсифи
Нарх*
Сўм ҲПК**

LS M/T LKY C60 N40 T3U AE3 2GB RQY AK5 JM4 D75

BDOHC 1,25l.li dvigatel, konditsioner (mexanik), rul gidrokuchaytirgichi, tumanga qarshi old chiroqlar, old va orqa eshik oynalarini avtomat ko'targichlar, audiotizim, po'lat disklar (14х4,5), haydovchi va yo'lovchi tomonida xavfsizlik yostiqchalari, blokirovkaga qarshi tormoz tizimi, eshiklarning kuzov rangiga mos tutqichlari - 18 766 830

LT M/T LKY C60 N40 T3U 2GB AK5 JM4 RR1 AFP V54

BDOHC 1,25l.li dvigatel, konditsioner (mexanik), rul gidrokuchaytirgichi, tumanga qarshi old chiroqlar, audiotizim, haydovchi va yo'lovchi tomonida xavfsizlik yostiqchalari, blokirovkaga qarshi tormoz tizimi, quyma disklar (14х4,5), o'rindiq qoplamalari, tomda yuklash moslamasi - 20 505 000

LT A/T 1.25 LL0 C60 AK5 JM4 MNG NJ1 UH7 T3U RQY D75

BDOHC 1,25l.li dvigatel, konditsioner (mexanik), haydovchi va yo'lovchi tomonida xavfsizlik yostiqchalari, old eshik oynalarini avtomat ko'targich, blokirovkaga qarshi tormoz tizimi, avtomat uzatmalar qutisi, elektr rul boshqaruvi, audiotizim,tumanga qarshi old chiroqlar, po'lat disklar (14х4,5), eshiklarning kuzov rangiga mos tutqichlari
46 232 870 -

 

* Автомобил нархлари опцияларнинг сонига қараб ўзгариши мумкин.

** Ҳалқаро Пластик Карта асосида сотувдаги автомобил нарҳи, тўлов кунидаги Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки асосида.

 

 

 

Двигател
Цилиндрлар сони 4, қаторли жойлашув
Иш ҳажми, см3
1249
Максимал қуввати, кВт/л.сон. 85/6400
Бураш лаҳзаси, Нм/об.дақ
112,5/4200
Трансмиссия
Узатма тури Олд
Трансмиссия тури
MT5/AT4
Осма
Олд Макферсон тури
Орқа Ярим боғлиқ, спирал пружина билан
Тормоз тизими
Олд/орқа Дискли/барабанли
Ўлчамлари
Узунлиги, мм 3640
Кенглиги, мм 1597
Баландлиги, мм 1522
Ғилдираклар базаси, мм 2375
Минимал қайирилиш радиуси, м 5
Ички ҳажмлар
Автомобил юкхона бўлимининг ҳажми орқа ўриндиқлар кўтарилган/йиғилган ҳолатида, л 170/568
Оғирлиги
Автомобил вазни, кг 1054
Автомобилнинг тўлиқ вазни, кг 1365
Динамика
Энг юқори тезлиги, км/соат. 161
0 дан ~ 100 км/соатгача тезлашиш, сон.  12,4
Ёнилғи сарфи
Шаҳар ичида, л
8,2
Аралашган цикл, л 6,2
Ёнилғи тури ва маркаси АИ - 92
Ёнилғи баки ҳажми, л 35